Modomiki, mavjud subsidiya tizimi noqis ekan, uni isloh qiliş qanday tartib va tamoyillarga asoslanişi kerak? Bu islohot qanday ötkazilsa, xalqqa foyda böladi-yu, qanday ötkazilsa, zarar bölib qolişi mumkin?
Katta islohotga tayyorgarlik puxta bölişi kerak
Yevropa Ittifoqi yordami bilan amalga oşirilgan, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Moldova va Ukraina mamlakatlariga energetika sohasini isloh qilişda yordamlaşiş maqsadi közlangan “Şarqiy hamkorlik mamlakatlari iqtisodiyotini ekologiyalaştiriş” nomli loyiha doirasida qilingan tadqiqotda mualliflar quyidagilarni yozişgan:
“Energetik subsidiyalarni isloh qiliş tajribasidan olingan eng muhim xulosamiz şu böldi – islohot öta puxta tayyorlanmoği kerak.
Garçi bu ravşan haqiqat bölib körinsa-da, köp holatlarda mamlakatlar islohotga biron bir qöqqisdan yuz bergan inqiroz bosimi ostida yoki xalqaro taşkilotlarning talabi bilan kirişişadi, natijada içki koordinatsiyani, holatning çuqur tahlilini va jamoatçilik qöllovini ta’minlay olişmaydi. Bu narsalar esa harakatlar qat’iy bölişi uçun, jiddiy özgarişlar qiliş uçun muhim.
Hukumatlarning energetik subsidiyalarni isloh qilişga tayyorlanişi yaxlit, kompleks xarakterga ega bölmoği kerak. Odatda energetik subsidiyalar tarkibiy xarakterga ega uzoq muddatli muammodir va alaloqibat, tarkibiy yeçimlarni talab etadi.
Energetik subsidiyalar islohoti doim tadqiqotlarni, konsultatsiyalarni talab etadi. U turli davlat idoralari va boşqa manfaatdor tomonlarning urinişini ham talab etadi. Bu ayniqsa islohotlarning bevosita va bilvosita oqibatlarini başorat etiş va jarayonni boşqariş tadbirlarini işlab çiqiş uçun dolzarb”.
Tizimning uç halqasidan ikkitasi xususiylaştirilişi lozim
Kun.uz kolumnisti Şahzod Yöldoşboyevning ta’kidlaşiça, energetika sohasi islohoti avvalo erkin bozor tamoyillariga asoslanişi hamda ilğor xorijiy tajribaga (masalan, Çili) suyanişi kerak.
“Bu islohotning eng muhim tarkibiy qismi – davlat nazorati vertikalini özaro yuqori raqobat şaroitida işlaydigan xususiy kompaniyalar gorizontaliga ötkaziş. Xalqaro tajriba buni qanday amalga oşiriş mumkinligini yaqqol körsatib turibdi. “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot”ni bir neçaga böliş va har birini xorijiy investorlarni jalb qilgan holda auksionga qöyiş lozim.










