O‘zbekiston | 07:39 / 01.06.2022
10443
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ayollar erkaklardan 4 yil ko‘proq umr ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yoshni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,8 yoshni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2021 yil boshida 73,4 yoshni tashkil etgan.

2022 yilning 1 yanvar holatiga o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi: 

  • ayollar uchun – 75,8 yosh;
  • erkaklar uchun – 71,7 yosh;
  • shaharda yashovchilar – 73,7 yosh;
  • qishloqda yashovchilar – 73,8 yosh.

Shuningdek, Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvar holatiga respublikada 14–30 yoshdagi jami doimiy aholi soni 9 million 685 ming 564 nafarni tashkil etgan.

O‘g‘il bolalar – 4 954 910 nafar, qiz bolalar – 4 730 654 nafar. 

2022 yil 1 yanvar holatiga respublikada 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 10 million 518 ming 483 nafarni tashkil etgan.

Mavzuga oid