“Huquqiy axborot” kanali xabariga köra, “Prokuratura töğrisida”gi qonunga özgartirişlar kiritildi. Ularga köra, prokuratura organlari xodimlari xizmat qurolini va şaxsiy himoya vositalarini qonunçilikda belgilangan tartibda saqlaş, olib yuriş hamda ulardan foydalaniş huquqiga egaligi belgilandi (ilgari faqatgina olib yurişi mumkinligi körsatilgan).

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan özgartişlarga köra, öqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning öq-dorilarini haqini tölaş şarti bilan olib qöyiş yoki musodara qiliş asosiy tirikçilik manbai ovçilik bölgan şaxslarga nisbatan qöllanilişi mumkin emasligi belgilandi.

Ov qiliş va baliq ovlaş, şuningdek hayvonot dunyosidan foydalanişning boşqa turlarini amalga oşiriş qoidalarini buzganlik uçun ma’muriy javobgarlik kuçaytirildi. 

“Qurol töğrisida”gi qonunga kiritilgan özgartirişlarga köra, Özbekiston hududida fuqaroviy qurol va uning öq-dorilarini hadya etiş taqiqlandi.

Fuqarolar va maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik şaxslarning xodimlari qurolga egalik qilişga qarşi körsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekşiruvdan ötkaziladi.

Qonun bilan xizmat quroliga hamda fuqaroviy qurolga egalik qilişga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar röyxatlari belgilandi.