Din işlari böyiça qömita özbekistonliklar uçun 2022 yil Haj mavsumiga doir ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga köra, 2019 yilga qaraganda kvotalar soni 7200 kişidan 10 865 nafarga oşgan.
Özbekistonlik ziyoratçilar uçun narxlar 33,5 mln sömdan 62,9 million sömga qadar kötarilgan. Bu – Markaziy Osiyo va Rossiyani ham qöşib hisoblaganda eng qimmat narx hisoblanadi.
Qömita narxlarning oşişiga Saudiya hukumati tomonidan Haj safari narxiga ta’sir qiluvçi qöşimça soliq va majburiy tölovlar joriy qilingani, kommunal, transport, elektr-energiya va boşqa xizmatlar uçun tölovlar miqdori bir neça baravar oşganini sabab qilib körsatdi.
Kun.uz Özbekistonga qöşni bölgan mamlakatlar va Rossiyada Haj ziyorati qança turişini tahlil qildi.

Qozoğiston – 4,3 ming dollar
Qozoğistonlik ziyoratçilar uçun Saudiya hukumati 2022 yilda 3500 dan 4527 nafargaça örin ajratgan. Qozoğiston Musulmonlari idorasi ajratilgan kvotalarning 3 mingtasi uçun tur firmalar örtasida tanlov e’lon qilgan.
Mamlakat kamroq kvota olayotgani Saudiya Arabistonida narxlar qimmatlagani, şuningdek, mamlakatda AQŞ dollari kursining juda özgaruvçanligi tufayli ziyoratga borişni xohlovçilar kamaygani bilan izohlanmoqda. Bundan taşqari, ziyoratga boruvçilar uçun podşolik örnatgan 65 yoş çeklovi sababli ham talab kamaygan.
Qozoğiston Musulmonlari idorasi Haj bölimi boşliği Jandilla Bekjigitovga köra, pandemiyaga qadar mamlakatga 10 mingga yaqin örin ajratilgan.
Turfirmalar hozirça standart paket uçun 4,3 ming dollar, VIP paketda 6,9 ming dollargaça takliflar bermoqda.
Tojikiston – 5,3 ming dollar








