8 iyun kuni Vaşington şahrida AQŞ kongressidagi «Özbekiston böyiça kokus»ning ikkinçi yiğilişi bölib ötdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi tomonidan ma’lum qilinişiça, tadbirda Senat raisi birinçi örinbosari Sodiq Safoyev boşçiligidagi mamlakat delegatsiyasi, kongress a’zolari, Oq uy, Davlat departamenti, Pentagon, AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), nufuzli kongressmen va senatorlar ma’muriyati vakillari, nodavlat taşkilotlar, xalqaro institutlar, AQŞ yetakçi tahlil markazlari xodimlari iştirok etdi.

Kokus hamraisi, kongressmen Trent Kellining sözlariga köra, uşbu döstlik guruhi taşkil etilgan 2018 yildan buyon har ikki davlat qonunçilari özaro taşriflari sezilarli darajada faollaşgani kuzatilmoqda. Sönggi yillarda Özbekistonga 35 dan ortiq kongressmen va stafferlar taşrif buyurgan, bu esa, uning fikriga köra, Kapitoliy tepaligida Özbekistonga nisbatan doimiy va ikki partiyaviy qöllab-quvvatlaş mavjudligidan dalolat beradi.

Kongress vakili ta’kidlaşiça, «Özbekiston böyiça kokus» öz faoliyatini boşlaganida 4 nafar kongressmen unga a’zo bölgan bölsa, qisqa vaqt içida kokus kengayib, a’zo kongressmenlar soni 17 nafarga yetdi. 

Öz navbatida, kokus kengaşi hamraisi, demokrat kongressmen Visente Gonsales Özbekiston AQŞ kongressi kun tartibida muhim örin tutişini ta’kidladi. 

Özbekiston mustaqilligi va suverenitetini qöllab-quvvatlaşga va Özbekiston - Amerika hamkorligini rivojlantirişga qaratilgan AQŞ kongressi rezolyutsiyasi 21 nafar kongressmen tomonidan qöllab-quvvatlandi. «Biz tez orada AQŞ kongressi spikeri Nensi Pelosi uşbu rezolyutsiyani ma’qullaşi uçun yana 4 ta ovoz olişni kutmoqdamiz», - dedi u.

Kongressmen V.Gonsales mamlakatga nisbatan «Jyekson-Venik» tuzatişining qöllanilişini töxtatişga qaratilgan maxsus «HRes-1913» nomli qonun loyihasini ilgari suriş niyatida ekanini ma’lum qildi. Uşbu qonun loyihasi Özbekiston - AQŞ savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorligini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi qayd etildi.

Tadbir yakunida döstlik guruhi hamraislari -  kongressmenlar V.Gonsales va T.Kelli tomonidan imzolangan «Özbekiston böyiça komissiya ikkinçi majlisi bayonnomasi» qabul qilindi va unda a’zo kongressmenlar yana bir bor mamlakat bilan köp qirrali hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş strategik ahamiyatga ega ekani, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş va kengaytirişga intilişini ma’lum qildi.