Qömita xabariga köra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida Özbekistondan qiymati 1,1 mlrd AQŞ dollariga teng töqimaçilik mahsulotlari eksport qilingan. 

Qayd etilişiça, bu umumiy eksport hajmining 15,1 foizini taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga ösgan.

Ma’lum qilinişiça, Özbekistondan 4 oy davomida dunyoning 62 ta davlatiga 452 turdagi töqimaçilik mahsulotlari eksport qilingan. 

Töqimaçilik mahsulotlari eksporti hajmi quyidagiça:

  • paxtadan yigirilgan ip – 592 mln;
  • tayyor trikotaj mahsulotlari – 249 mln;
  • naqşli mato – 90,7 mln;
  • paxtadan gazlamalar – 48 mln;
  • ipak va ipak mahsulotlari – 21 mln;
  • paxta mahsulotlari – 14,2 mln;
  • gilamlar – 9,7 mln;
  • boşqa töqimaçilik mahsulotlari – 41 mln AQŞ dollari.

Bundan oldin Özbekiston mahsulotlari asosan Xitoyga sotilayotgani ma’lum bölgandi.