Suhbat boşida Bahodir Qurbonov general Maykl Kurillaning yangi lavozimga tayinlovi bilan qutladi hamda vazirlik binosidagi Amir Temur hayotiga doir börtma tasvirlar haqida mehmonga ma’lumotlar berdi.

Şuningdek, vazir tenglik asosida rivojlanayotgan Özbekiston va AQŞ örtasidagi munosabatlar strategik şeriklik darajasiga ötganini hamda özaro harbiy hamkorlikni, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlaş sohasidagi hamkorlikni yuqori baholaşini ta’kidladi.
«Biz uçun AQŞ global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaşda asosiy ahamiyatga ega bölgan, vaqt bilan sinalgan hamkordir...
AQŞ bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni yanada faollaştirişga tayyormiz. Sizning taşrifingiz mudofaa sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişiga yuksak işonç bildiraman», – dedi Özbekiston Mudofaa vaziri.

AQŞ rasmiysi mehmondorçilik uçun minnatdorçilik bildirdi. General Kurilla bir kun oldin Samarqanddagi tarixiy ziyoratgohlarga taşrif buyurgani va kuraş, köpkari kabi xalq öyinlari guvohi bölganini aytib, kelasi safar bu kabi uçraşuvlarda qatnaşiş xohişini bildirdi.
«Ayni vaqtda men AQŞ Markaziy qömondonligi javobgar hududlar böylab 90 kunlik tanişuv safaridaman. Ular qatoriga 21 mamlakat kiradi. Biz bu safarni rejalaştirganimizda, men alohida Özbekistonga ham borişim kerakligiga işonç hosil qildim.

AQŞ prezidenti menga topşirgan vazifa, berilgan resurslar [uşbu davlatlar uçun] qanday tahdidlar, aloqalarda qanday böşliqlar va asosiysi hamkorlikni rivojlantiriş uçun qanday imkoniyatlar borligini tuşunib olişga imkon beradi», – deya general Maykl Kurillaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uçraşuvning qolgan qismi yopiq eşiklar ostida ötdi.










