Bugun, 29 may kuni Toşkent şahridagi Ğalaba boğida mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali boşlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Festivalga kelgan Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov dronlar poygasini taşkil qilgan jamoa a’zolari, instruktorlar bilan suhbatlaşdi.
«Temurbeklar maktabi»ga ham şunday dronlardan sotib olamiz, örgatamiz. Dastlab, bu yönalişda tögaraklar bölsa, keyinçalik federatsiya taşkil qilamiz.
Bizlar namuna qilaylik, bizning orqamizdan Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi va uning aviatsiya maktabi ham qiladi. Bular federatsiya uçun baza böladi, bu yerda öqiydiganlar tayanç kadrlarimiz böladi», deya DXX raisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbirda qatnaşayotgan Xavfsizlik kengaşi kotibining örinbosari, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati sobiq raisi Bahodir Toşmatov jamoa a’zolari foydalanayotgan dronlar jahon standarti darajasida ekani haqida söradi. Instruktorlar tasdiq javobini berdi.

Innovatsion texnologiyalar festivalida Rossiyaning «Transport buduşçego» kompaniyasi özbekistonlik öquvçilar iştirokida dronlar poygasi musobaqasini ötkazmoqda.
Spot ma’lumotiga köra, bu kompaniya 2025 yil oxirigaça Özbekistonda uçuvçisiz uçiş qurilmalarini işlab çiqişni yölga qöymoqçi.











