Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda artezian quduqda 20 soat qolib ketgan 6 yoshli bola qutqarildi
Maxsus texnikalar yordamida bola qariyb bir sutkada qutqarib olingan. Uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, kecha, 12 iyun kuni soat 14:01 larda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Langar” MFYga qarashli Langar qishlog‘ida yashovchi fuqaro viloyat FVBga murojaat qilib, dala maydonida qazilgan, 200 diametrli suvsiz artezian quduqqa 6 yoshli o‘g‘li tushib ketganini aytib yordam so‘ragan.
Voqea joyiga zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvchilari va tegishli xizmatlar kuch-vositalari yetib borgan. Qutqarish ishlariga FVB maxsus texnikalar, ya’ni ekskavator, greyder va boshqa texnikalar jalb etilgan.
Olib borilgan maxsus qutqarish operatsiyasi natijasida bola qariyb bir sutkada, bugun soat 10:25 da qutqarib olingan. Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi. Malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Mavzuga oid
11:25 / 04.02.2026
Chiroqchi tumaniga yangi hokim tasdiqlandi
16:31 / 19.11.2025
Prezident yig‘ilishida ikki tuman hokimi ishdan olindi
08:22 / 14.11.2025
Qashqadaryoda fuqaroning uyidan 20 kilodan ortiq marixuana musodara qilindi
18:35 / 12.11.2025