Energetika vazirligi huzurida milliy dispetcherlik markazi tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining «Milliy dispetcherlik markazi» davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Qaror bilan Energetika vazirligi huzuridagi «Milliy dispetcherlik markazi» davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozadi Norma.
Markaz tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, yagona elektr energetika tizimiga ulangan tashkilotlarni markazlashgan, uzluksiz, operativ-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiradi hamda ushbu tizimning ishlashini qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravishda boshqaradi.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- talab va taklifdan kelib chiqqan holda, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilishga ta’sir etuvchi barcha omillarni hisobga olgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilishning soatlik rejimini shakllantirish;
- favqulodda rejimlarning paydo bo‘lishining oldini olish, ularni bartaraf etish va avariya holatini bartaraf etgandan keyin tizimning ishini tiklash va boshqalar.
Markaz o‘z faoliyatida Energetika vazirligiga hisobdor ekani belgilandi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
-
Putin va Tramp telefon orqali muloqot qildi. U ikki soatdan ortiq davom etdi
Jahon | 22:46 / 19.05.2025
-
19 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 19.05.2025
Mavzuga oid

20:14 / 05.03.2025
Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi

12:33 / 08.02.2025
Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi

13:22 / 09.01.2025
Energetika vazirligida elektr quvvatlantirish stansiyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

19:23 / 24.12.2024