Bugun, 14 iyunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda konsalting va auditorlik xizmatlari böyiça dunyodagi törtta yetakçilardan biri hisoblangan Pricewaterhouse Coopers (PwC) kompaniyasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Muzokara davomida PwC vakillari Jamiyat rahbariyatiga xalqaro kredit reytingini oliş va yevroobligatsiyalar çiqariş uçun konsalting xizmatlarini taklif etdilar. 

Şu örinda qayd etiş joizki, “Hududiy elektr tarmoqlari” va PwC kompaniyasi örtasida bundan avval ham hamkorlik aloqalari örnatilgan bölib, xususan, 2021 yilda PricewaterhouseCoopers tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2019-2020 yillar uçun tayyorlangan xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari (IFRS) xalqaro auditorlik standartlariga muvofiq (IAS) audit tekşiruvidan ötkazilib, ijobiy bahosi olingan edi. Darhaqiqat, bu Jamiyatning kelgusida xalqaro kredit reytinglarini oliş yölida qöyilgan ilk dadil qadamlardan biri böldi desak, mubolağa bölmaydi.

Uçraşuvda Jamiyatning umumiy faoliyati, amaliyotga transformatsiya jarayonlarini izçil tatbiq etiş borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida atrofliça töxtalib ötildi.

Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda jahon böylab, şu jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyotida ham yevroobligatsiyalarning tobora rivojlanib borayotganligini köriş mumkin. Şu munosabat bilan PwC vakillariga Jamiyat oldiga qöyilgan vazifalar asosida, ya’ni xalqaro kredit reytingini oliş va yevroobligatsiyalar çiqariş borasida konstruktiv takliflar berildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati Ⓣ