Bugun, 15 iyun kuni OTMlarning bakalavriat bosqiçi uçun onlayn qabul boşlanişi kerak edi. Lekin Davlat test markazi jim: qabul boşlanişi haqida xabar bergani yöq. Sababi – qabul kvotasiga oid qaror hali qabul qilinmagan, qaror qabul qilingandan keyin esa yana bir jarayon – kvota tillar kesimida va maqsadli qabul parametrlari tasdiqlanişi kerak.
Demak, oldinda hali 2 ta jarayon bor: kvotaga oid prezident qarori va undan söng Ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasining bayoni tasdiqlanişi kerak.
Qaçon tasdiqlanişi mumkin?
Davlat test markazidan olingan ma’lumotga köra, hozirça kvotalar qaçon tasdiqlanişi va qabul qaçondan boşlanişi aniq emas.
Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligining Kun.uz'ga bergan ma’lumotiga köra esa, kvotalar “yaqin orada” tasdiqlanişi kutilmoqda.
Biroq hozirça qaçon degan savolga javob yöq. Lekin bir narsa aniq: baribir keçikildi, belgilangan sana – bugundan qabul boşlanmadi.
Qonunçilik nima deydi
Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga öqişga kiriş uçun hujjatlarni qabul qiliş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.
Mazkur reglamentga köra, OTMlarga bakalavriatga hujjat topşiriş har yili 15 iyundan 15 iyulgaça amalga oşirilişi kerak.
Umuman olganda, OTMlarga qabul bilan boğliq qonunçilikka aksar hollarda amal qilinmaydi. Kiriş imtihonlarining javoblari ham keç e’lon qilinişi bunga misol.
Oxirgi 4 yilda eng köp kuttirgan mandat. Oldingi yillar abituriyentlar javoblarni qança kun kutgan?
Biroq...
Reglament muddatiga qaramasdan qabul kvotalari tasdiqlanmadi va onlayn hujjat topşiriş boşlangani yöq. Huquqşunos-bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev bu haqda şunday yozadi:
“Demak, 2022 yil ham kvotalar qabul boşlangandan keyin keçikib tasdiqlangan yil sifatida tarixga kiradi.
Umuman olganda, bu Özbekiston uçun yangilik emas. Bunaqasi ilgari ham köp bölgan va bu ketişda hali yana köp bölsa kerak. Uzoqqa bormaymiz, masalan, ötgan yili qabul kvotalari 22 iyun kuni tasdiqlangandi. Ya’ni rasman qabul boşlanişi kerak bölgan sanadan 1 hafta keçroq. Şu sababli qabul muddati ham 22 iyundan 22 iyulga qadar deb uzaytirilgandi.
Joriy yilda ham kvotalar keçikayotgani sababli qabul muddatlari uzaytirilsa kerak”.
Nimalar keçikyapti?
Joriy yildan 6 ta OTMda çet tili birinçi fan bölgan ta’lim yönalişlarida ijodiy imtihon olinadi. Qabul kvotasiga oid prezident qarori loyihasida bu ta’lim yönalişlarida qabul boşqalarga qaraganda ertaroq – 15 iyundan 5 iyulgaça etib belgilanişi qayd etilgan. Va ularda imtihon asosiy testdan oldinroq ötkazilişi reja qilingan. Umumiy qabulning keçikişi imtihonlarni, öz navbatida, ijodiy imtihonlarni keçiktirişi mumkin.
Qolaversa, bu yil istisno tariqasida 5 yil stajga ega bölgan xotin-qizlarga ajratiladigan 500 ta kvota uçun tavsiyanoma oluvçilar ham qabul boşlanadigan kundan Oila va xotin-qizlar davlat qömitasining hududiy bölimlariga murojaat qilişlari kerak. Qabul keçiksa, bu jarayon ham keçikişi ehtimoli yöq emas.
Tayyorgarlik uçun qöşimça vaqt
Amaldagi tartibga köra, kvotalar tasdiqlanişi keçikayotgan bölsa-da, abituriyentlar xavotirga tuşmasdan tayyorgarlik körişda davom etişlari lozim. Qabul boşlangunça esa eng yaxşisi – qaysi kasb tanlaşni yaxşiroq öylab olişlariga ham yana bir bor vaqt ajratişlari imkoni bor.
Sönggi qönğiroqdan söng. Bitiruvçilar kasb tanlaşda nimalarni hisobga olişi muhim?













