Avvalroq Rossiya şarafini himoya qilgan tennisçi Natela Dzalamidze Gruziya bayroği ostida Uimbldon turnirida iştirok etadi, bu haqda musobaqa saytida e’lon qilingan arizalar röyxatida ma’lumot berilgan. Ayollar tennis uyuşmasi (WTA) saytida ham juftlik bahslarida dunyoning 44-raketkasi Gruziya vakilasi sifatida qayd etilgan.
«Sportçilarning professional musobaqalarda qaysi bayroq ostida qatnaşişi WTA va ITF (Xalqaro tennis federatsiyasi) tomonidan tartibga solinadigan, kelişilgan jarayondir», deb xabar berdi 19 iyun, yakşanba kuni turnir taşkilotçilari.
27 iyundan 10 iyulga qadar bölib ötadigan «Katta dubulğa» turkumiga kiruvçi turnirda Dzalamidze serbiyalik Aleksandra Kruniç bilan juftlik bahslarida qatnaşadi.
Aprel oyida Uimbldon taşkilotçilari - Butunangliya laun-tennis klubi va Laun-tennis assotsiatsiyasi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi sababli rossiyalik va belaruslik sportçilarga turnirda qatnaşişni taqiqlagan edi. Buyuk Britaniyadagi boşqa tennis musobaqalari ham taqiq ostida qolib ketdi.
WTA va Professional tennisçilar assotsiatsiyasi (ATP) bu qarorni tanqid qildi, may oyida esa 2022 yilgi Uimbldon reyting oçkolarisiz ötkazilişi ma’lum böldi.












