Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda fuqaroni pul evaziga ishga kiritmoqchi bo‘lgan tuman tibbiyot bo‘limi inspektori ushlandi
Uning xizmat xonasida belgilangan talablarga zid ravishda ro‘yxatga olinmagan va ko‘rib chiqilmasdan qoldirilgan 63 nafar fuqaroning murojaatlari topilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Muborak tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, Muborak tumani tibbiyot birlashmasi xodimlar bo‘limi inspektori B.G. fuqaro Sh.ni tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari orqali navbatchi hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 dollar hamda uning shaxsiga oid hujjatlarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tadbir davomida tegishli tartibda ko‘zdan kechirilganda B.G.ning xizmat xonasida belgilangan talablarga zid ravishda ro‘yxatga olinmagan va ko‘rib chiqilmasdan qoldirilgan 63 nafar fuqaroning murojaatlari mavjudligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026