Qömitaning dastlabki ma’lumotlariga köra, 2022 yilning yanvar-may oylarida Özbekiston qiymati 335 mln AQŞ dollariga teng bölgan 615,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. 

Qayd etilişiça, bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 44 ming tonnaga oşgan. 

2022 yilning 5 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi: 

  • meva va rezavorlar – 61 ming tonna;
  • quritilgan meva va rezavorlar – 17,6 ming tonna;
  • sabzavotlar – 498 ming tonna;
  • karam – 127,8 ming tonna; 
  • pomidor – 41,4 ming tonna; 
  • uzum – 10,1 ming tonna;
  • mayiz – 32,8 ming tonna;
  • yeryonğoq – 9,4 ming tonna;
  • tarvuz-qovun – 4,1 ming tonna.

Bundan oldin Özbekiston taşqi savdo aylanmasi 20,5 mlrd dollarga teng bölgani xabar qilingandi. 

Taşqi savdo aylanmasi tarkibida eksport – 8,3 mlrd dollarni taşkil etdi. Bunda, mahsulotlar 7,2 mlrd dollar, xizmatlar 1,1 mlrd dollar olib kelgan.

Importga 12,2 mlrd dollar sarflangan. Bunda, mahsulotlarga 11,2 mlrd dollar ketgan bölsa, xizmatlarga 930 mln dollar sarflangan.