Qömita xabariga köra, 2022 yilning yanvar-may oylarida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 20,5 mlrd AQŞ dollariga teng böldi.
Qayd etilişiça, bu ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 5,6 mlrd AQŞ dollariga oşgan.
Ma’lum qilinişiça, taşqi savdo aylanmasi tarkibida eksport – 8,3 mlrd dollarni taşkil etdi. Bunda, mahsulotlar 7,2 mlrd dollar, xizmatlar 1,1 mlrd dollar olib kelgan.
Şuningdek, importga 12,2 mlrd dollar sarflangan. Bunda, mahsulotlarga 11,2 mlrd dollar ketgan bölsa, xizmatlarga 930 mln dollar sarflangan.
Bundan oldin Özbekiston va Rossiya örtasidagi taşqi savdo aylanmasi miqdori ma’lum qilingandi.
2022 yil yanvar-aprel oylarida Özbekiston va Rossiya örtasidagi taşqi savdo aylanmasi – 2,6 mlrd dollarni taşkil etdi. Bunda, eksport – 700 mln dollar, import – 1,9 mlrd AQŞ dollariga teng böldi.












