Özbekiston dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.

Davlat statistika qömitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv ötkazgan. 

2022 yil 22 iyun holatiga köra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagiça:

  • suyakli mol göşti (1 kg) ➖ 45 000 – 75 000 söm;
  • qöy göşti (1 kg) ➖ 55 000 – 88000 söm;
  • kartoşka (1 kg) ➖ 2000 – 7000 söm;
  • piyoz (1 kg) ➖ 2000 – 5500 söm;
  • sabzi (1 kg) ➖ 1200 – 6000 söm;
  • tuxum (10 dona) ➖ 7000 – 15 000 söm;
  • guruç (1 kg) ➖ 5000 – 22 000 söm;
  • ösimlik yoği (1 l) ➖ 15 500 – 30 000 söm;
  • şakar (1 kg) ➖ 10 000 – 18 000 söm.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, dökonlardagi narxlar inobatga olinmagan.