Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tuman bölimi tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, fuqaro Ş.J. boşqa bir fuqaro J.dan tanişlari orqali Tojikiston Respublikasidagi Pedagogika institutiga öqişga kiritib, keyinçalik öqişini Özbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga 2-bosqiçdan köçirtirib beriş evaziga 3 200 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ma’lum qilinişiça, hozirgi vaqtda tergov harakatlari ötkazilmoqda.












