Qayd etilişiça, bu ziyoratçilarning Haj safariga jönab ketişi va Hajdan qaytib kelişi, şuningdek, Toşkent xalqaro aeroportida olib borilayotgan rekonstruksiya işlari munosabati bilan amalga oşirilmoqda.

Terminal binosi va terminal oldi hududlarda tirbandliklar hamda tiqilinç holatlarning oldini oliş maqsadida çeklovlar joriy yil 31 iyuliga qadar amal qiladi.

Ma’lum qilinişiça, estakadaga çiqiş avtomobillar va avtobuslar uçun oçiq. 

Ma’lumot uçun, taksilar, sayyohlik avtobuslari va çet el delegatsiyalari transporti uçun estakadada harakatlanişga ruxsat etiladi.

Estakada böylab terminalga ötiş qoidalari quyidagiça:

  • estakada öng tomondagi çiziği sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uçun, çap tomondagi çiziği esa taksilar uçun möljallangan;
  • taksilar uçun estakadada yölovçilarni oliş/tuşiriş vaqti 5 daqiqadan, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uçun 10 daqiqadan oşmasligi kerak;
  • estakada öng va çap çiziqlarini ajratib turadigan sariq çiziqda töxtaş taqiqlanadi va jarima tölanişini nazarda tutadigan qoidabuzarlik hisoblanadi.

Estakadada bir vaqtning özida 30 ta yengil avtomobil yoki turistik avtobuslarni hisobga olgan holda, 17 ta avtomobil joylaşişi mumkin.