Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston 2022 yilning dastlabki 5 oyida xorijdan import qilingan mahsulotlar ichida bug‘doy eng katta ulushga ega bo‘lgan.
Foto: iStock
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-may oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bug‘doy import qilingan mahsulotlar ichida eng ko‘p ulushga ega bo‘lib turibdi – 328,3 million AQSh dollari.
Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan mahsulotlar:
- Bug‘doy – 328,3 mln AQSh dollari;
- Shakarqamish – 153 mln AQSh dollari;
- Margarin mahsulotlari – 137 mln AQSh dollari;
- Qoramol go‘shti – 81,3 mln AQSh dollari;
- Kartoshka – 51,6 mln AQSh dollari;
- O‘simlik yog‘i – 59,8 mln AQSh dollari;
- Bug‘doy uni – 49 mln AQSh dollari;
- Kakao va shokolad – 46 mln AQSh dollari;
- Sut mahsulotlari – 31 mln AQSh dollari;
- Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 28,6 mln AQSh dollari;
- Banan – 23,7 mln AQSh dollari;
- Choy – 19,8 mln AQSh dollari;
- Parranda go‘shti – 19 mln AQSh dollari;
- Makkajo‘xori – 17 mln AQSh dollari;
- Kofe – 13 mln AQSh dollari;
- Qandolat mahsulotlari – 10,6 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid
08:28 / 30.03.2026
O‘zbekistonda 15 turdagi mahsulot uchun xomashyoga import bojlari bekor qilinadi
07:40 / 30.03.2026
Dunyo oziq-ovqat xaritasi o‘zgarmoqda: markazda Lotin Amerikasi
15:21 / 21.03.2026
YeI Xitoydan birinchi marta unga yetkazib berganidan ko‘ra ko‘proq avtomobil import qildi
21:08 / 14.03.2026