Özbekiston musulmonlari idorasi Qurbon hayiti namozining öqiliş vaqtlarini e’lon qildi. Ma’lum qilinişiça, uşbu jadvalda körsatilgan vaqtlar quyoş çiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilangan.

9 iyul kuni Özbekistonda hayit namozi öqiladigan vaqtlar:
- Andijon viloyatida - 05:05
- Buxoro viloyatida - 05:35
- Jizzax viloyatida - 05:20
- Navoiy viloyatida - 05:30
- Namangan viloyatida - 05:05
- Samarqand viloyatida - 05:25
- Sirdaryo viloyatida - 05:20
- Surxondaryo viloyatida - 05:25
- Toşkent viloyatida - 05:15
- Toşkent şahrida - 05:20
- Farğona viloyatida - 05:05
- Xorazm viloyatida - 06:00
- Qaşqadaryo viloyatida - 05:30
- Qoraqalpoğiston Respublikasida - 06:05.
Eslatib ötamiz, 1 iyul kuni imzolangan «Qurbon hayitini nişonlaş töğrisida»gi prezident qarorida Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşining Qurbon hayitining birinçi kuni 9 iyul – şanba kuniga töğri kelişi töğrisidagi axboroti inobatga olinib, Qurbon hayiti bayramini ötkaziş çora-tadbirlari belgilangan edi.
Prezidentning avvalroq qabul qilingan farmoniga muvofiq, Hayit ayyomi munosabati bilan özbekistonliklar uçun iyul oyida quyidagiça qöşimça dam oliş kunlari belgilangan.
- 9 iyul (şanba) – Qurbon hayiti bayrami;
- 10 iyul (yakşanba) – odatiy dam oliş kuni;
- 11 iyul (duşanba) – barça uçun qöşimça dam oliş kuni;
- 12 iyul (seşanba) – 6 kunlik iş haftasida işlaydiganlar uçun qöşimça dam oliş kuni, 5 kunlik iş haftasida işlaydiganlar uçun 16 iyul (şanba)dan köçirilgan dam oliş kuni.
Avvalroq, Özbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqlarda «Hayit namozi öqilmaydigan böldi», degan mazmunda tarqatilayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum












