Özbekistonda Qurbon hayiti rasman 9 iyul sanasida nişonlanadigan böldi. Bayram munosabati bilan 9-12 iyul kunlari işlanmaydigan va qöşimça dam oliş kunlari ham ma’lum qilindi.
«Toşşahartransxizmat» AJning xabar berişiça, şahar avtobuslarining harakati quyidagi tartibda taşkil etiladi:
- 9 iyul şanba (bayram) va 10 iyul yakşanba kuni – yakşanba kunlari uçun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 11 iyul duşanba va 12 iyul seşanba (qöşimça dam oliş kunlari) – şanba kunlari uçun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Şuningdek, «Toşkent metropoliteni» DUK ham bayram kunlaridagi iş vaqtlarini e’lon qildi. Unga köra, 9 iyulda metro poyezdlari tonggi soat 04:00 dan keçki 00:00 ga qadar, 10, 11 va 12 iyul kunlari esa dam oliş kuni uçun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan 00:00 gaça harakatlanadi.
«Toşkent metropoliteni» mas’ul xodimi Kun.uz’ga bergan ma’lumotga köra, odatiy iş kunlarda metro poyezdlari örtaça 3-4 daqiqa, dam oliş kunlari esa yölovçilar kam bölişi hisobiga 7-8 daqiqa oraliğida qatnaydi.













