Özbekistonda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 9-12 iyul sanalarida ketma-ket dam oliş kunlari belgilandi.

«Ana şu davrda xalqimizning xotirjamligi hamda salomatligini ta’minlaş — öta muhim masala. 

Şundan kelib çiqqan holda bayram va qöşimça işlanmaydigan kunlarda mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlaştirib boriş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligida ştab taşkil etildi», deyiladi SSV xabarida. 

Bayram va qöşimça dam oliş kunlarida quyidagi davolaş-profilaktika muassasalarida 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatçilik asosida aholiga xizmat körsatadi:

  • 1010 ta oilaviy poliklinika,
  • 923 ta oilaviy şifokor punkti,
  • tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barça şifoxonalar,
  • ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari, 
  • tibbiyot oliy öquv yurtlari klinikalari.

Şuningdek:

Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 182 ta aholi punktida joylaşgan şoşilinç tibbiy yordam bölimlarida 24 soat davomida navbatçi şifokor va hamşiralar faoliyat yuritadi. Uşbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira örinlari yaratilgan.

Mamlakat böylab 2724 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan böladigan çaqiriqlar uçun doimo şay holatda.  

Bundan taşqari, 227 ta tuğuruq, 245 ta bolalar davolaş muassasalari ham uzluksiz iş olib boradi. 

Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegişli savollarga malakali mutaxassislardan tun-u kun javob oliş mumkin.

Koronavirusga ixtisoslaşgan tibbiyot muassasalari, xususan, yuqumli kasalliklar şifoxonalari hamda PZR-test topşirişga möljallangan punktlar faoliyat körsatadi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boşqarma hamda 203 ta aholi punktida joylaşgan bölimlarida ham 24 soat davomida 200 nafardan ziyod navbatçi şifokor, qariyb 200 nafarga yaqin vraç-laborant va yordamçi xodimlar öz faoliyatini davom ettiradi. 

Soğliqni saqlaş vazirligi bayram va dam oliş kunlarida uzluksiz mehnat qiladigan barça tibbiyot xodimlariga öz minnatdorligini bildiradi.