Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanidagi köçada harakatlanib ketayotgan Nexia-3ni 3-4 ta maşina tösib töxtatgani, ammo haydovçi özini tösgan maşinalarga şikast yetkazib qoçib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, Şahrisabz şahar IIB JQB xodimi ariza bilan murojaat qilgan fuqaroning şikoyatini qonuniy tartibda örganmasdan, jabrlanuvçining boşqa bir fuqaroga yer maydoni sotib oliş uçun bergan 27 ming va u yerda amalga oşirgan quriliş işlari uçun sarflagan 13 ming, jami 40 ming dollar pullarini undirib beriş evaziga dastlab 4,5 ming dollar olgan. Söng yana 6 ming dollar söragan.

Şundan söng fuqaro viloyat huquqni himoya qiliş organlariga ariza bilan murojaat qilib, IIB JQB xodimiga qonuniy çora körişni söragan.

Fuqaroning murojaatiga binoan huquqni himoya qiliş organlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida ariza muallifidan 6 ming dollar olgan Şahrisabz şahar IIB JQB xodimi qoçib ketişga va daliliy aşyo bölgan pullarni yaşirişga uringan.

Ammo u uzoqqa qoça olmagan va tez orada qölga olingan. Uning qoçiş uçun qilgan xatti-harakatlari jinoyatni oğirlaştiruvçi holat sifatida baholanadi.

Qayd etilişiça, hozirda xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.