Saudiya Arabistonining Haj va Umra masalalari vazirligi aprel oyidayoq joriy yilda haj qiluvçilar soni 1 milliondan oşmasligini e’lon qilgandi. Bu çeklov mahalliy va xorijiy ziyoratçilarga birday taalluqli. Ya’ni mahalliy hojilarga kvotadan taşqari ustunlik taqdim etilmagan.
Bu yil hajni ado etuvçilarning 850 ming nafarini Saudiya Arabistoniga boşqa mamlakatlardan keladigan hojilar taşkil etişi belgilangan. Şundan 12 ming nafari özbekistonliklardir.
Özbekiston musulmonlari idorasining xabar berişiça, Makkada bölib ötgan Buyuk hajning katta 46-simpoziumida 2022 yilgi haj kvotasi Saudiya Arabistoni Soğliqni saqlaş vazirligining tavsiyasiga köra belgilangan. Simpoziumda sözga çiqqan Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri Tavfiq ar-Rabia mamlakat rahbariyatining pandemiya şaroitida hajni davom ettiriş töğrisidagi qarorini yuqori baholadi.
“Biz 2020 yilda haj marosimlarini ötkazmaslikni tavsiya qildik. Biroq, Qirol Salmon uşbu marosimni töxtatmaslikka va ziyoratçilar sonini 1000 kişigaça çeklaşga qaror qildi. Haj ziyorati esa ziyoratçining xavfsizligini kafolatlovçi barça ogohlantiriş va profilaktika çoralariga rioya etilgan holda amalga oşirilib, natijalar dalda beruvçi va işonçli böldi”, degan saudiyalik vazir.
Joriy yilda ziyoratçilar uçun qat’iy talablar qöyildi: ularning yoşi 65gaça bölişi, Saudiya Arabistoni Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlangan koronavirusga qarşi vaksinalar bilan emlangan bölişi lozim. Xorijliklar Saudiya Arabistoni hududiga kirişdan köpi bilan 72 soat oldin koronavirusga manfiy test topşirgani töğrisidagi ma’lumotnomani taqdim etişi kerak.
2019 yili 2,4 mln nafar musulmon Haj qilgan edi. Pandemiya tufayli 2020 yilda bor-yöği 10 ming, 2021 yilda esa 60 ming nafar mahalliy ziyoratçi Haj ziyoratini ado etişgandi. Xorijlik ziyoratçilar ikki yil ketma ket haj qiliş imkoniyatidan












