Köpçilik tomonidan tanqid qilinayotgan safari oldidan u Washington Post  gazetasiga yozgan maqolasida Saudiya hukumati AQŞ ma’muriyati bilan jahon bozoriga neft yetkazib berişni köpaytiriş va neft narxini pasaytiriş böyiça iş olib borayotganini aytdi. 

«Prezident sifatidagi vazifam mamlakatimning kuçini va xavfsizligini ta’minlaşdir. Biz Rossiya agressiyasiga qarşi turişimiz, Xitoy bilan raqobatda ğalaba qozoniş uçun eng yaxşi pozitsiyani egallaşimiz, dunyoning muhim mintaqasida barqarorlikni oşiriş uçun harakat qilişimiz kerak», - dedi Bayden.

«Buning uçun biz qiladigan işimiz natijalariga ta’sir ötkaza oladigan davlatlar bilan töğridan-töğri hamkorlikni örnatişimiz kerak. Saudiya Arabistoni şulardan biri», - deb qöşimça qildi u.

AQŞ prezidenti Saudiya Arabistoni rahbarlari bilan juma kuni bölib ötişi rejalaştirilgan uçraşuvdan maqsad «Amerikaning fundamental qadriyatlariga sodiqlikni saqlab qolgan holda umumiy manfaatlar va mas’uliyatga asoslangan strategik hamkorlikni mustahkamlaş va rivojlantiriş» deb atadi.

Bayden uçraşadigan yetakçilar orasida valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon ham bor. AQŞ uni saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişiga aloqadorlikda gumonlagan.

«Men Jamol Qoşiqçining öldirilişi böyiça razvedka hisobotini e’lon qildim, yangi sanksiyalar qölladim... Xorijda dissidentlarni ta’qib qilgan şaxslarga nisbatan AQŞga kirişni taqiqlovçi qoidani 76 marta qölladim», dedi Bayden.

2018 yilda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida jurnalist Qoşiqçi öldirilganidan söng, AQŞ rasmiylari valiahd şahzoda yaqinlariga qarşi sanksiyalar kiritgan edi. AQŞ razvedka idoralariga köra, valiahd şahzoda qotillik haqida bilgan va ijroçilarga buyruqni aynan u bergan bölişi mumkin. Saudiya Arabistoni buni rad etib kelmoqda.

Baydenning aytişiça, uning maqsadi 80 yil davomida Qöşma Ştatlarning strategik hamkori bölib kelgan davlat bilan munosabatlarni «uziş emas, balki yangi yönalişga buriş» bölgan. 

Bayden 13-16 iyul kunlari Isroil, Ördun daryosining ğarbiy qirğoği va Saudiya Arabistoniga boradi. Bu uning prezidentlik davridagi Yaqin Şarqqa qilgan ilk taşrifi böladi.