Germaniya kanslerining sözlariga köra, gap asosan gaz haqida bormoqda.  

Germaniya energiya ta’minotidagi ehtimoliy inqirozga tayyorlanmoqda. Bu haqda GFR kansleri Olaf Şols ma’lum qildi.

"Biz taqçillikka tayyorlanişda yordam beradigan köplab qarorlar qabul qildik", - dedi Şols.

Uning sözlariga köra, bu birinçi navbatda gaz ta’minotiga taalluqli.

"Biz ötkazuvçi quvurlar, suyultirilgan gaz terminallarini quryapmiz", - dedi kansler.  

Şu bilan birga, Germaniya vitse-kansleri, iqtisodiyot va iqlim muhofazasi vaziri Robert Habek Rossiyadan gaz yetkazilişi borasida "hamma narsa bölişi mumkin"ligini aytdi.

"Hamma narsa bölişi mumkin. Ehtimol, gaz yanada köproq kelişi mumkin. Balki butunlay kelmay qolişi mumkin. Rostini aytsam, yanada yomonroğiga tayyorlanişimiz kerak", - dedi Habek.