Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tahlilçilarining ma’lumotiga köra, 15 noyabrga borib Yer yuzidagi aholi soni 8 mlrd nafarga yetadi.
Ularning taxmin qilişiça, Hindiston 2023 yilda aholi soni böyiça Xitoydan ötib ketadi.
BMT ma’lumotlariga köra, 1950 yildan buyon sayyora aholisi soni sekin sur’atlarda ösmoqda: 2030 yilga borib dunyodagi odamlar soni 8,5 mlrd, 2050 yilga borib 9,7 mlrd nafarga yetadi.
Tahlilçilar 2080 yilda Yer yuzidagi aholi soni 10,4 mlrd nafarga yetişi va 2100 yilgaça şu darajada qolişini aytişmoqda.
Ularning fikriça, 2050 yilgaça aholi soni ösişining yarmidan köproği sakkiz davlat: Kongo, Misr, Efiopiya, Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Tanzaniyaga töğri keladi.












