Yozgi transferlar. Angliya grandlari qanday harakat qilmoqda?
|13:01 / 12.07.202216 97011 min
Angliyaning uçta top-klubi transferlar böyiça master-klass körsatmoqda, «Çelsi» va «Yunayted» esa «uxlab yotibdi».
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
«Siti»ning işlari hammanikidan yaxşiroq, u ketganlarning örnini darhol töldirdi. Ammo, ular ikki futbolçi uçun 100 mln yevrodan köproq pul sarflaşdi.
10 iyun kuni Angliyada yozgi transferlar oynasi oçildi. Bir oy içida barça klublar yangi futbolçilarni sotib oliş uçun 730 mln yevrodan köproq mablağ sarfladi va ketganlardan 345 mln yevro işlab oldi.
Angliyada transfer oynasi 1 sentabr kuni yopiladi. Quyida Premer-Liganing top-klublarini kim kuçaytirganini, kimlar sotilganini va kuçli yettita jamoasida qanday transferlar bölişi mumkinligi körib çiqiladi.
«Mançester Siti»
Angliyaning amaldagi çempioni asosiy futbolçilardan heç kimni yöqotmadi. Töğri, «Man Siti»ni erkin agent sifatida Fernandino tark etib, «Atletiko Paranayense»ga yöl oldi. Ammo uning örniga «şaharliklar» «Lids»dan Kalvin Fillipsni 48,75 mln yevro evaziga olib kelişdi.
Hujum çiziğida pozitsiya böyiça transfer sodir böldi – 52,2 mln yevroga «Arsenal» futbolçisiga aylangan Gabriyel Jyezusning örnini 60 mln yevroga Erling Holand egalladi. Jamoaga Xulian Alvares ham kelib qöşildi. «River Pleyt» safida 25 öyinda 18 ta gol urgan 22 yoşli hujumçini «şaharliklar» 17 mln yevroga qişda sotib olişgan, ammo 6 oyga ijarada qoldirişgan edi.
Bundan taşqari, «Mançester Siti» «Arminiya» darvozaboni Ştefan Ortegani tekinga oldi. 29 yoşli darvozabon ikkinçi raqamli böliş uçun Zakari Steffen bilan raqobatlaşadi.
«Man Siti»ni Jyezus va Fernandinodan taşqari Kou Itakura va Pedro Porro ham tark etdi. Ikkala futbolçi ham jamoaga 2019 yilda kelib qöşilgan, ammo biror marta maydonga tuşmasdan, ijaraga berib yuborilgandi. Yaponiyalik futbolçi 1,1 mln yevroga sotib olingandi, 5 mln yevro evaziga «Borussiya M» klubiga ötdi. Braziliyalik esa 12 mln yevroga olingandi, 8,5 mln yevroga «Sporting»ga sotildi.
Transfer oynasi yopilgunga qadar, yana bir qança futbolçi klubni tark etişi mumkin. Rahim Sterling «Çelsi»ga ötişi oydinlaşmoqda, Oleksandr Zinçenko va Bernardu Silva ham yangi klub izlaşmoqda. Ikkinçisi allaqaçon Xosep Gvardiolaga «Barselona»ga ötişni istayotganini aytgan. «Man Siti» esa bozordagi transfer faolligini töxtatmoqçi emas: ular Matteys de Ligtga va «MYu» nişonida turgan Serj Gnabriga qiziqiş bildirişmoqda.
Mavzuga oid
«Liverpul»
Iyun oyida «Liverpul» oğir yukdan xalos böldi – klubni Loris Karius (bepul), Ojo Şeyi (bepul, oxirgi marta 2016/2017 yilgi mavsumda asosiy tarkibda öynagan), Divok Origi (bepul, «Milan»), Benjamin Vudbyorn (bepul, «Preston»), Marko Gruyiç (9 mln yevro, «Portu») va Takumi Minamino (15 mln yevro, «Monako») tark etdi.
Şuningdek, «Liverpul» senegallik hujumçisi Sadio Maneni 32 mln yevro evaziga «Bavariya»ga sotdi. Uning örniga mersisaydliklar hujumida Darvin Nunes öynaydi. 23 yoşli urugvaylik 2021/2022 mavsumida «Benfika» safida 41 öyinda 34 gol urdi. «Liverpul» unga qöşimça ravişda, kelajakni közlab, Fabio Karvaloni «Fulhem»dan 5,9 mln yevroga oldi. 19 yoşli hujumkor yarimhimoyaçi Çempionşipda 36 ta öyin ötkazib, jamoa yulduzlaridan biri bölgan edi. Şuningdek, «Liverpul» «Aberdin»ning 18 yoşli öng qanot himoyaçisi Kelvin Remsini (4,89 mln yevro) öz safiga qöşib oldi.
«Liverpul»ning transferlari şu bilan tugamayotganga öxşaydi. Roberto Firmino «Yuventus»ga ketişi va «Borussiya Dortmund»dan Jud Bellingemning kelişi ehtimoli bor. Mersisaydliklar Angliya milliy jamoasi futbolçisi uçun 100 mln yevro tölaşga tayyor, ammo nemislar 120 mln yevro söramoqda. Uşbu yoş yarimhimoyaçi Jordan Hendersonning örnini bosuvçi futbolçi sifatida körilmoqda. Ammo bu yil yozda transfer amalga oşmaydi, çunki nemislar mavsum oraliğida Holanddan keyin yana bir yulduzini yöqotişni istamasa kerak.
«Çelsi»
«Çelsi» hozirça faqat yöqotişlarga ega. Londonliklar uç nafar markaziy himoyaçi bilan xayrlaşdi – Andreas Kristensen (erkin agent, «Barselona»), Antonio Ryudiger (erkin agent, «Real») va Jyeyk Klark-Salter (erkin agent, «Kuinz Park Reyndjers»). Bundan taşqari, Saul Niges ijaradan Madridning «Atletiko» klubiga qaytdi, Romelu Lukaku «Inter»ga ijaraga ketdi. Şarli Musonda va Deniyel Drinkuoter esa şartnomasiz qolib ketişdi.
Xaridlar esa yöq. Konor Gallaher va Armando Broy ijaradan «Çelsi»ga qaytişdi. Ular 2021/2022 mavsumini mos ravişda «Kristal Pelas» va «Sauthempton»da ijarada ötkazdilar.
«Çelsi» Matteys de Ligt, Neymar, Rafinya, Kriştianu Ronaldu va Sterling xizmatiga qiziqiş bildirmoqda. Rafinya va Sterling allaqaçon «köklar» bilan şartnoma borasida kelişib olişgan. Fabritsio Romanoning sözlariga köra, Sterlingning transferi taxminan 41 mln yevroni taşkil qiladi. Hujumçining «Man Siti»dan ketişiga öyin amaliyoti kamaygani sabab bölmoqda.
Hakim Ziyoş va Markos Alonso esa «Çelsi»ni tark etişi mumkin – mos ravişda «Milan» va «Barselona» futbolçilarga qiziqiş bildirgan.
«Tottenhem»
«Tottenhem» uçta ajoyib transferni amalga oşirdi. Endi hujumda Harri Keyn bilan birga «Everton»dan 58 mln yevroga sotib olingan Rişarlison öynaydi. Yarimhimoyada «Brayton»dan kelgan Iv Bissuma (29,2 mln yevro) va «Inter»dan olingan tajribali Ivan Perişiç (bepul) töp tepadi. Şuningdek, «şporlar» «Atalanta»ga qaytgan Perluiji Gollini örniga «Sauthempton»dan 34 yoşli darvozabon Freyzer Forsterni oldi.
Şu yil yozda «Tottenhem» öz tarbiyalanuvçisini sotiş orqali 7 mln yevro işlab oldi: bungaça «Şeffild Yunayted», «Ipsviç», «Suonsi», «Stok Siti», «Luton» va «Bornmut» klublariga ijaraga berib kelingan 24 yoşli himoyaçi Kemeron Karter-Vikers «Seltik» bilan 4 yillik şartnoma imzoladi.
Stiven Bergveyn ham «Tottenhem»ni tark etdi – 2020 yil yanvarida «PSV»dan 32 mln yevroga sotib olingan futbolçi endi «Ayaks»ga 31,25 mln yevroga transfer qilindi. Fransiyalik himoyaçi Kleman Langle ham «Tottenhem»ga ötdi. «Barselona» 27 yoşli futbolçini sotib oliş huquqisiz bir yilga ijaraga berdi.
«Arsenal»
«Kanonirlar» Aleksandr Lyakazettni «Lion»ga qaytarib yuborişdi (bepul) va «Siti»dan Gabriel Jyezusni (52,2 mln yevro) olişdi. Şuningdek, «Arsenal» yarimhimoya çiziğini «Portu»dan Fabio Viyeyra (35 mln yevro) bilan, öng qanot himoyasini «San-Paulu»dan 19 yoşli Markinos (3,5 mln yevro) bilan kuçaytirdi.
Amerikalik darvozabon Mett Tyorner klubda Aaron Ramsdeyl va Bernd Leno bilan raqobatlaşadi. Darvoqe, sönggisi jamoani tark etmoqçi – unga Niderlandiya klubi qiziqmoqda.
«Arsenal» bu yozda ikki futbolçi orqali pul işlab oldi: Matteo Gunduzi 11 mln yevroga «Marsel»ga ötdi, Konstantinos Mavropanos esa 3,2 mln yevro evaziga «Ştutgart» futbolçisiga aylandi.
«Kanonirlar» safini transfer oynasi yopilgunga qadar Paulo Dibala, Serj Gnabri va «Lids»dan Rafinya kuçaytirişi mumkin. Ammo hozirça ular bilan jiddiy muzokaralar ötkazilmagan.
«Mançester Yunayted»
«MYu» hammani tekinga qöyib yubordi: Pol Pogba, Xuan Mata, Jyessi Lingard va Edinson Kavani erkin agentga aylandi, 39 yoşli darvozabon Li Grant faoliyatini yakunladi, De Xea örinbosari Din Henderson «Nottingem Forest»ga ijaraga berildi, Nemanya Matiç esa uçinçi marta Joze Mourino qöl ostida öynaydigan böldi. U ham «Roma»ga tekinga ketdi.
Şu tariqa, «Mançester Yunayted» Transfermarkt tomonidan 96 mln yevroga baholangan futbolçilar uçun 0 yevro oldi.
«Qizil iblislar» faqat «Feyyenoord»dan Tirella Malasiyani qölga kiritişdi. U 15 mln yevro turadi va Lyuk Şou, Aleks Telles bilan raqobatlaşadi. «Mançester Yunayted»ning ğalati transfer siyosati – klubda allaqaçon yoş Brendon Uilyams bor. Malasiya – çap qanotning törtinçi himoyaçisi.
«MYu» rahbariyati Kriştianu Ronaldu bilan xayrlaşişni istamayapti, lekin futbolçi jamoaning mavsumoldi yiğinlariga birga yöl olmadi. Klub Gnabri, Dibala va Eriksen kabi futbolçilardan birini Mançesterga olib kelişni közlagan.
Asosiy savol: Frenki de Yong «qizil iblislar» safiga ötadimi? «Barselona» yarimhimoyaçisining transferi «Mançester Yunayted»ga 65 mln yevroga tuşişi kutilyapti. Masala bonuslar miqdoriga borib taqalmoqda, katta ehtimol bilan ular 20 mln yevro atrofida böladi.
«Vest Hem»
«Bolğaçilar»da hammasi yaxşi: ular Aleks Kralni «Spartak» klubiga qaytarişdi, u özini körsata olmadi. Yoşi katta Andrey Yarmolenko va Devid Martinni qöyib yuborişdi. 35 yoşli Mark Nobl faoliyatini yakunladi. Bundan taşqari, Rayan Frederiks «Bornmut»ga tekinga yöl oldi. Öng qanot himoyaçisi 2021/2022 mavsumida deyarli öynamadi.
«Vest Hem» mavsumni ijarada ötkazgan Alfons Areola uçun «PSJ» klubiga 9,3 mln yevro töladi. «Renn»dan markaziy himoyaçi Naif Agerni 35 mln yevroga sotib oldi (bu ortiqça tölov bölişi mumkin). «Vest Hem» yana qanday futbolçilarga qiziqiş bildirmoqda? Jyessi Lingard (oldin klubda öynagan), Amadu Onana («Lill» klubining yoş tayanç yarimhimoyaçisi) va Kristian Eriksen.