Qayd etilişiça, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy salohiyati 66 foizni taşkil etadi.
Ayni paytda Akademiyada “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar”, “Mumtoz şarq filologiyasi” hamda “Islomşunoslik” fakultetlari mavjud bölib, ular tarkibida 10 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.
Joriy yildan ilk marotaba “Matnşunoslik va adabiy manbaşunoslik (arab tili)”, “Jurnalistika" (xalqaro jurnalistika), “Yurisprudensiya (islom huquqi)”, “Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari)” ta’lim yönalişlariga qabul ötkazilmoqda.










