Şaxmat böyiça jahon çempioni norvegiyalik Magnus Karlsen öz unvonini navbatdagi marta himoya qilişdan voz keçdi.
Uning raqibi ötgan safargidek, da’vogarlar bahsida ğolib çiqqan rossiyalik Yan Nepomnyaşçiy bölişi kerak edi. Endi jahon çempioni unvoni uçun Nepomnyaşçiy va da’vogarlar bahsida ikkinçi örinni egallagan xitoylik Din Lijen kuraşadi.
Karlsen özida jahon çempionligi uçun yana bir bor bahslaşişga heç qanday qiziqiş yöqligini aytdi. Şaxmatçining sözlariga köra, u bu qaror borasida bir yarim yil fikr qilgan va buni Xalqaro şaxmat federatsiyasi hamda Nepomnyaşçiy bilan muhokama qilgan.
Karlsen avval ham jahon çempioni unvoni uçun navbatdagi bahsda qatnaşişdan voz keçişini aytgandi. U kelib çiqişi eronlik bölgan fransiyalik şaxmatçi Alirizo Firuzja raqib bölsagina bahslaşişi mumkinligini aytgandi.
Magnus Karlsen 2013 yilda jahon çempioniga aylangan. U bu unvonni 2014, 2016, 2018 va 2021 yillarda himoya qilgandi. Oxirgi marta uning raqibi Yan Nepomnyaşçiy bölgandi.
Din Lijen rossiyalik Sergey Karyakin Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini qöllab-quvvatlaşini bildirganidan söng 2022 yildagi da’vogarlar musobaqasi qatnaşçisiga aylangandi.












