MI-6 rahbari Riçard Mur Amerikaning Kolorado ştatidagi Aspen şahrida ötkazilgan Xavfsizlik böyiça forum çoğida Rossiya özining dastlabki maqsadlari - Ukraina prezidentini çetlatiş, Kiyevni egallaş va Ğarb mamlakatlari birligi parçalanişiga erişa olmaganini epik muvaffaqiyatsizlik deb atadi.

«Bizning baholarimizga köra, yaqin haftalarda rossiyaliklarda frontga yuboriş uçun jonli kuç, qurollar va harbiy texnikalar topiş yanada jiddiy muammoga aylanadi. Öylaymanki, ular tez orada holdan toyadi. Ular qandaydir tanaffus qilişiga töğri keladi va bu ukrainlarga javob zarbasi beriş imkoniyatini taqdim etadi», — deya Murning sözlarini keltirgan BBC News.

U Rossiya bosqinini Yevropada Ikkinçi jahon uruşidan keyingi eng dahşatli tajovuzkorlik akti deb atagan.

Iyul oyi boşida Lisiçansk egallangaç, RF armiyasi operativ pauza e’lon qilgandi, ammo bir neça kun muqaddam Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu qöşinlarga harakatlarni faollaştirişga buyruq berdi. Sönggi uç haftada rossiyalik harbiylar biror muvaffaqiyatga erişa olmadi, xususan ularning asosiy kuçlari töplangan Donetsk va Luhansk oblastlarida ham.

Ukraina va uning ittifoqçilari RF armiyasi böşaşganini Ğarb tomonidan yetkazib berilgan uzoq masofaga otuvçi artilleriya, xususan AQŞning HIMARS baravar öt oçiş tizimlari qöllanayotgani bilan boğlagan, Ukraina qurolli kuçlari bu tizimlar orqali rossiyaliklarning front ortidagi öq-dori omborlari va boşqaruv punktlariga muvaffaqiyatli zarbalar bermoqda. Şu tariqa, Rossiya armiyasining öt oçiş kuçi böyiça ustunligi yöqqa çiqarilmoqda.

Aspendagi forum çoğida Mur Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Uilyam Byorns tomonidan keltirilgan Rossiya armiyasining 15 ming harbiysi Ukraina tuproğida halok bölgani töğrisidagi ma’lumotni tasdiqlagan.

Foto: DANIEL BAYER/Getty

Ammo Mur bu ma’lumotni «katta ehtimol bilan, konservativ hisoblar» deb atagan.

«Bu taxminan ular 1980-yillarda Afğonistondagi uruşda yöqotgan odamlar soniga teng. Va bular Sankt-Peterburg yoki Moskvadagi örta sinf vakillari bölgan yigitlar emas. Bu beçoralar Sibirdagi işçilar şaharçalaridan kelgan yigitlar. Ular orasida milliy ozçiliklar vakillari soni juda köp. Bular töpga yem qilingan askarlar», degan Britaniya taşqi razvedkasi rahbari.