Britaniya hukumati saytida ma'lum qilinişiça, taşqi işlar vaziri Dominik Raab boş vazir Boris Jonsonning roziligi bilan Murni MI6’ga rahbar etib tayinlaşni ma'qullagan.

Mur bu lavozimda MI6’ga 2014 yildan beri rahbarlik qilib kelgan Aleks Yangerning örnini egallaydi. Yanger esa razvedka xizmatini kuzda tark etadi. 

“Men bu tayinlovdan xursandman. Riçard razvedkaning tajribali zobiti hisoblanadi va biz uning xizmatga qaytişini intiqlik bilan kutib qolamiz”, deb aytgan Yanger.

Riçard Mur 2018 yildan beri Britaniya taşqi işlar vazirligida siyosiy masalalar böyiça direktor lavozimini egallab keladi. Avvalroq u MI6 bölimlaridan biriga rahbarlik qilgan. Mur, şuningdek, Britaniya boş vazirining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimini egallagan. U 2014-2017 yillarda Britaniyaning Turkiyadagi elçisi sifatida faoliyat yuritgan.