Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi to‘g‘risida hujjat imzolanishi rejalashtirilgan
Toshkentda uch mamlakat tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalariga mas’ul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirokidagi «O‘zbekiston - Ozarboyjon - Turkiya» uch tomonlama birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi «Dunyo».
Foto: Vitaliy Timkiv
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston tashqi ishlar vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov quyidagilarni qayd etdi:
- Boku – Tbilisi – Kars temiryo‘li tranzit salohiyatidan foydalanish O‘zbekiston uchun katta ahamiyatga ega, - dedi u. - Bugun biz Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqdamiz.
Bildirilishicha, ShHT davlat rahbarlarining shu yil 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitida tegishli uch tomonlama hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.
“Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temiryo‘l yo‘lagining Transkavkaz yo‘lagi bilan bog‘lanishi mamlakatlar o‘rtasida yagona transport tarmog‘ini yaratadi va Xitoydan Yevropaga savdo geografiyasini kengaytiradi.
Ta’kidlanishicha, shu boisdan O‘zbekiston Osiyodan Yevropaga eng qisqa quruqlik yo‘lini ta’minlashi mumkin bo‘lgan Zangezur yo‘lagining tiklanishidan manfaatdor.
Mavzuga oid
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
12:40 / 26.12.2025