Maktabgaça ta’lim vazirligi xabariga köra, 2017 yilda tuğilgan A.Ş. joriy yil 1 avgust kuni ertalab MTTga qabul qilingan. Ta’limiy faoliyatga yaxşi qatnaşgan. Kun tartibiga köra, tuşlik qilgan va barça tarbiyalanuvçilar qatori uxlaşga yotgan. 

Tarbiyaçi uyqudan uyğoniş vaqti bölganda avval qiz bolalarni, söng öğil bolalarni hojatga olib çiqiş uçun uyqudan uyğotgan. Lekin bola boşini kötargan va yana yotib olgan. Qizlarni hojatdan olib kelib, tarbiyaçi A.Ş.ni uyğotgan. Şunda bola tilini çaynab yuborganini körgan va zudlik bilan hamşira oldiga birinçi yordam körsatiş uçun kötarib olib çiqqan. 

MTT hamşirasi bolaga birinçi tibbiy yordamni qilib zaruriy muolajalarni amalga oşirgan va tez tibbiy yordamga xabar berilgan. 
 
Tibbiyot xodimlari harakatlariga qaramay bola vafot etgan. Ölim haqidagi ma’lumotnomaga asosan “quyi nafas yöllarining aniqlanmagan ötkir respirator infeksiyasi”, “öpka şişişi” ölim sababi etib körsatilgan.

Uşbu holat yuzasidan 2 avgust kuni viloyat maktabgaça ta’lim boşqarmasi tezkor guruhi tomonidan dastlabki örganiş ötkazilgan hamda tegişli ma’lumotlar va hujjatlar töplangan.

Bildirilişiça, hozirda holat yuzasidan tergov işlari amalga oşirilmoqda. Tergov yakuni böyiça qöşimça ma’lumot beriladi.