Milliy gvardiya xabariga köra, Qaşqadaryo viloyatida istiqomat qiluvçi, 20 yoşli Ş.D. hamkasbi, 25 yoşli H.K.ga ötkir tiğli oşxona piçoği bilan öqtalgan.

Voqea joyiga yetib kelgan içki işlar organi xodimlariga fuqaro Ş.D tomonidan qattiq qarşilik körsatilgan. Şundan söng, xodimlar Milliy gvardiya harbiy xizmatçilarini yordamga çaqirgan va fuqaro qölga olingan.

Qayd etilişiça, fuqaro H.K.ning salomatligi qoniqarli darajada.

Huquqbuzar Ş.D.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (içki işlar organlari xodimi qonuniy talablarini bajarmaslik) böyiça jazo turi qöllanilgan.