Migratsiya agentligi xabariga köra, fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş böyiça litsenziyaga ega XBA axborot va maslahat xizmatlari uçun BHM bir baravaridan, ya’ni 300 ming sömdan köp pul olişi mumkin emas.
Çet ellik iş beruvçi va hamkori bilan şartnomalar tuzmasdan, fuqarolarga xizmat körsatiş taqiqlanadi hamda uşbu şartnomalar XBA saytida joylaştirilişi lozim.
Ötgan davr mobaynida XBA reyestridan 114 ta yuridik şaxs röyxatdan ötgan bölib, hozirgi kunda ulardan 9 tasi (şundan 2 tasi litsenziyasi vaqtinçalik töxtatilgan) fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş huquqini beruvçi litsenziyaga ega.
“Şu munosabat bilan, xorijda işga joylaştiriş vakolatiga ega bölmagan taşkilotlar yoki şaxslarga işonmaslikka, turli körinişdagi şartnomalarni tuzmaslikka va tölovlarni amalga oşirmaslikka çaqiramiz. Xorijda iş taklif qilayotgan taşkilotlar litsenziyasi borligiga işonç hosil qiling. Şartnoma tuzayotganda, uning şartlarini öqib, töliq tuşunib imzo qöying. Agar XBA bilan nizoli vaziyatlarga duç kelsangiz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliga murojaat qilişingiz mumkin. 71 239-41-21 (içki raqam 236) va 71 200-06-00”, deyiladi xabarda.








