Samsung kompaniyasi Z Flip4 va Z Fold4 smartfonlarini taqdim etdi.  Endi yangi avlod bukiladigan qurilmalariga Özbekiston aholisi oldindan buyurtma beriş imkoniga ega.

Galaxy Z Flip4 va Z Fold4 — bu universallik çegaralarini kengaytiruvçi mobil qurilmalardir. Yangi qurilmalar ayniqsa hayotning şiddatli maromida har bir daqiqadan rohatlanişni xohlaydiganlar uçun yoqişi şubhasiz. Qurilmalar içkaridan va taşqaridan töliq personallaştirilgan bölib, FlexCam bilan jihozlangan. Flagmanlik innovatsiyalar hatto eng nozikta’b foydalanuvçilarni ham loqayd qoldirmaydi.

Galaxy Z Flip4 – individuallikni namoyon eting

Galaxy Z Flip4 smartfoni avvalgi qurilmalar va innovatsion texnologiyalarning eng yaxşi funksiyalarini özida mujassam ettirgan. Uning noyob yiğma şakli faol kişilar uçun qulay.

Galaxy Z Flip4 smartfonining imkoniyatlari çeksiz. FlexCam qöllarni işlatmasdan videoga oliş va selfi qiliş imkonini beradi – gadjetni hatto oçişga ham xojat yöq. Yuqori sifatli tasvir, “Portret” rejimidagi fotosuratlar – bularning hammasi sutkaning istalgan paytida Quick Shot rejimida imkonli. Smartfon kamerasi Snapdragon® 8+ Gen 1 mobil platformasi asosidagi 65% ga yorqinroq matritsa bilan jihozlangan. Video va fotosuratlar ravşan çiqadi.

Siğimi 3700 mAs bölgan akkumulyator qurilmaning uzoq vaqt işlaşini ta’minlaydi. Super Fast Charging tez zaryadlaş funksiyasi har doim aloqada böliş imkonini beradi.

Yangi Galaxy Z Flip4 qurilmasi bejirim dizaynga ega: kontrast qoraytirilgan orqa oyna, yaltirab turuvçi silliq metall ramka. Taşqi va asosiy ekranlarda körkam Galaxy mavzusini tanlaş, fonni bezaş va soatlarning yangi variantlaridan birini tanlaş mumkin.

Galaxy Z Fold4: yuqori unumdorlik va köp vazifani bajariş rejimidagi iş

Galaxy Z Fold4 — Samsung lineykasidagi eng kuçli smartfon. U özida har qanday holatda ham (yopiq, oçiq, Flex holatlarda) yuqori darajadagi funksionallikni birlaştirgan. Bu maxsus Android 12L versiyasi bilan jihozlangan hamda katta ekranli qurilmalar uçun işlab çiqilgan yagona smartfon.

Z Fold4 vazifalar paneli deyarli şaxsiy kompyuterdagi kabi joylaşgan bölib, unda yaqinda oçilgan yoki tanlangan ilovalarni tez topiş mumkin. Yangi varaqlaş harakatlari yordamida bir zumda turli rejimlarga ötiş, ya’ni ekranni ikkiga böliş, töliq ekranli ilovalarni qalqib çiquvçi formatga ötkaziş mumkin.