Turkiya noqonuniy migrantlarni çegara orqali Gretsiyaga ötişga majburlamoqda, dedi mamlakat migratsiya va boşpana beriş işlari böyiça vaziri Notis Mitarakis.
Mitarakis bir neça kun avval topilgan migrantlar joylaştirilgan Evrosdagi migrantlarni qabul qiliş va şaxsini aniqlaş markazida böldi.
Bir neça kun ilgari Turkiya va Gretsiya çegarasidagi Evros daryosidagi orolda 40 nafarga yaqin migrant topilgandi. Beş yoşli qizça çayon çaqişi oqibatida vafot etgan.
Gretsiya hukumati bu migrantlar guruhi haqida heç narsa bilmasligini, çunki ular Turkiya hududida bölgani, ammo duşanba kuni keçqurun politsiya 38 nafar suriyalik migrant topilgani haqida xabar berganini bildirdi.
"Migrantlarning sözlariga köra, ular 14 avgust kuni Gretsiya hududiga ötişgan. Eng muhimi, ularning aytişlariça, bu migrantlar daryoning Turkiya tomonidagi sohilidan kelgan va Turkiya hukumati tomonidan orolga siqib borilgan. Turkiya jandarmeriyasi ularni Evros sohiliga olib kelgan va zörlik işlatiş bilan qörqitib, Gretsiyaga ötişga majbur qilgan", - dedi Mitarakis.












