Özbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyuşmasi hamda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida joriy yilning 19-21 avgust kunlari Toşkent şahridagi Sayilgoh köçasida “Toşkent suvenirlari” körgazma-savdosi bölib ötmoqda.

Tadbirda keng jamoatçilik va xalqaro diplomatik korpus vakillari, elçixonalar, Özbekistonda faoliyat olib borayotgan xalqaro taşkilotlar vakillari, turli vazirlik va idoralar xodimlari, respublikamiz viloyatlaridan kelgan mehmonlar, yurtimizda mehmon bölib turgan çet ellik sayyohlar, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişyapti.

“Toşkent suvenirlari” körgazma-savdosi hunarmandçilikni yanada rivojlantiriş, işlab çiqargan suvenir turlarini kengaytiriş va ularning ommabopligini aniqlaş, sifat va dizayni ustida iş olib boriş, çet ellik mehmonlarning mahsulotlarga bölgan talab va ehtiyojlarini örganişdan iborat.

“Hunarmand” uyuşmasi raisi Uluğbek Abdullayevga köra, bu körgazma respublikada ilk marta ötkazilyapti:
“Körgazma-savdoda respublikaning 14 hududidan 300dan ortiq hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari hunarmandçilik mahsulotlari va milliy matolar adras atlas, zargarlik buyumlari, kulollik, gilamçilik, zardözlik, kaştaçilik va hunarmandçilikning boşqa yönalişlarida mahorat darslari bilan iştirok etadi.

Tadbir 3 kunga möljallangan bölib, barça mahsulotlar oddiy xalq orasidagi hunarmandlar tomonidan qöl mehnati bilan yaratilgan”,- deydi u.

Körgazma-savdoda iştirokçilar hunarmandlar tomonidan mahorat darslarini kuzatiş va bevosita iştirok etiş imkoniyatiga ega böldi. Tadbirlarda qatnaşiş istagini bildirgan mehmonlar öz qöllari bilan loydan köza yasab körişlari, ipakdan mato töqişlari, döppiga naqş berib körişlari, beşik yasaş jarayonlarida bevosita iştirok etişlari mumkin.








