Farğona viloyatida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan D.I. içki işlar organiga ariza bilan murojaat qilib, firibgar tuzoğiga tuşganini va pullaridan ayrilganini ma’lum qilgan. 

Jabrlanuvçining bildirişiça, noma’lum şaxs telegram messenjeri orqali unga “Omad şou” dasturida pul yutuğini yutib olgani töğrisida xabar yuborgan. Uning işonçiga kirib, yutuq pullarini bank plastik kartasiga ötkazib berişini aytgan. 

Öz navbatida, fuqaro unga öz plastik raqami ma’lumotlarini bergan. Lekin yutuq pullaridan umid qilib ötirgan D.I. biroz ötib, bor pulidan ham ayrilgan. Plastik kartasidagi bir million sömga yaqin pullar yeçib olingan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, uşbu jinoyatni Andijon viloyatida yaşovçi, 2007 yilda tuğilgan 8-sinf öquvçisi O.X. sodir etgani aniqlanib, qölga olingan.

Örganişlar natijasida O.X. şu usul bilan önlab fuqaroni aldab, pullarini qölga kiritgani, jinoiy yöl bilan topgan pullarni esa “PUBG” onlayn öyiniga tikib, sarflagani ma’lum böldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan.