Ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy statistika ma’lumotlariga tayangan holda yanvar-iyul oylarida elektr energiyasini işlab çiqariş körsatkiçlari qisqargani ma’lum qilindi. Unda Statistika qömitasidan olingan ma’lumotda yanvar-iyulda 40 mlrd 43 mln kVt/soat elektr energiyasi işlab çiqarilib, bu ötgan yil şu davriga nisbatan 297 mln kVt/soat kam ekani qayd etilgan.

Vazirlikning ma’lum qilişiça, joriy yil yanvar-iyul oylarida respublika böyiça 43 mlrd 250 mln kVt/soat yoki ötgan yil mos davriga nisbatan 2 mlrd 177 mln kVt/soat köp (ösiş sur’ati 5,3 foiz) elektr energiyasi işlab çiqarilgan.

Issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida 38 mlrd 551 mln kVt/soat (ötgan yilga nisbatan 1 mlrd 18 mln kVt/soat köp, ösiş sur’ati 2,7 foiz) elektr energiyasi işlab çiqarilgan. Jumladan, «Issiqlik elektr stansiyalari»da - 33 mlrd 77 mln kVt/soat, Angren IES va Yangi Angren IES tomonidan - 3 mlrd 345 mln kVt/soat.

Bundan taşqari, DXŞ asosidagi yangi IESlarda - 2 mlrd 128 mln kVt/soat, DXŞ asosidagi quyoş fotoelekr stansiyalar tomonidan - 219 mln kVt/soat, gidroelektr stansiyalarda esa - 4 mlrd 84 mln kVt/soat (898 mln kVt/soat köp).

Elektr stansiyalarida amalda işlab çiqarilgan hamda Statistika qömitasi ma’lumoti asosida berilgan elektr energiyasi miqdorlari orasida yuzaga kelgan farq quyidagi sabablar bilan izohlangan:

birinçidan, qömita ma’lumotida kiçik korxonalar toifasiga kiritilgan elektr energiyasi işlab çiqaruvçilar inobatga olinmagan. DXŞ asosida Turkiya kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro, Toşkent va Xorazmda işga tuşirilgan 5 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi, Navoiy va Samarqandda işga tuşirilgan 2 ta quyoş fotoelektr stansiyasi hamda Ohangaron, Hisorak, Qamçiq gidroelektr stansiyalarida işlab çiqarilgan elektr energiyasi hisobga olinmagan. Uşbu stansiyalar tomonidan yanvar-iyul oylarida işlab çiqarilgan elektr energiyasi 2 mlrd 515 mln kVt/soatni taşkil etgan;

ikkinçidan, Qibray tumanida «Aksa Enerji», kompaniyasi tomonidan işga tuşirilgan IES orqali işlab çiqarilgan 1 mlrd 78 mln kVt/soat elektr energiyasini işlab çiqariş sifatida emas, balki elektr energiyasini sotiş sifatida kiritgan;

uçinçidan, ba’zi elektr energiyasi işlab çiqaruvçi korxonalar tomonidan har oy yakunida qömitaga «tarmoqqa berilgan» elektr energiyasi böyiça raqamlar taqdim etiladi. Ular tomonidan «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari»ga «umumiy işlab çiqariş» böyiça raqamlar uzatiladi. Şu va boşqa sabablarga köra raqamlar orasida yana 802 mln kVt/soat farq yuzaga kelgan va bu körsatkiç statistika ma’lumotlarida aks etmagan.