Qo‘mita xabariga ko‘ra, to‘langan keshbeklar miqdori 330 milliard so‘mdan oshdi.
Qayd etilishicha, iyul oyi uchun 829 753 nafar iste’molchiga 70,7 mlrd so‘m keshbek to‘landi.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-iyun oylari uchun yana 3,3 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.
Yil boshidan buyon 1 097 625 nafar fuqaroga 330,8 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.











