Aniqlanişiça, 27 avgust kuni soat 19:00 larda Quvasoy şahar “Yuqori Möyan” MFY hududida 1962 yilda tuğilgan fuqaro X.T. jamoat tartibini buzuvçi harakatlar sodir etgan.
Xabarga köra, şuning uçun Quvasoy şahar IIB xodimlari tomonidan mastlik holatini tekşiriş maqsadida şahar tibbiyot birlaşmasiga olib ketilayotgan vaqtda uning soğliği yomonlaşib, körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.
Sudga oid tibbiy ekspertiza dastlabki ma’lumotiga köra, X.T.ning ölimiga “Yurak işemik kasalligi, yurak toj qon tomirlari ötkir yetişmovçiligi, öng tomonlama pnevmoniya, surunkali plevrit, oşqozon osti beziga qon quyilişi, alkogoldan zaharlaniş” taşxisi qöyilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Quvasoy şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.
Tekşiruv jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.








