Soliq qömitasi xabariga köra, STIR raqami mavjud bölmagan şaxslar yoki ularning yaqinlari tomonidan soliq organlariga telefon orqali yoki şaxsan borib, STIR söraş holatlari uçramoqda.

2021 yil 1 iyuldan boşlab davlat soliq xizmati organlarida jismoniy şaxslar hisobini yuritiş jismoniy şaxs şaxsiy identifikatsiya raqami (JŞŞIR)dan foydalangan holda amalga oşirilmoqda.

2021 yil 1 iyuldan boşlab jismoniy şaxslarga soliq tölovçi identifikatsiya raqami (STIR)ni beriş böyiça davlat xizmatini körsatiş töxtatilgan.

Soliq qömitasi barça OTMlardan talabalikka tavsiya etilgan şaxslardan STIR talab qilmaslikni söragan.

Bildirilişiça, davlat taşkilotlari tomonidan aholidan STIR talab qilinişi davlat xizmatlari körsatiş sohasidagi qonunçilik hujjatlari talablarini buziş deb hisoblanadi.