Şvetsiya sohilida bortida 300 nafar yölovçi bölgan avtomobil paromida yonğin çiqdi.

Frans Press agentligining xabar berişiça, paromda qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.

Dengiz ma’muriyati vakili Yonas Fransenning sözlariga köra, voqea joyiga uçta vertolyot va yettita kema jönatilgan, yölovçilarni evakuatsiya qiliş boşlangan.

Stena Scandica paromi Şvetsiyaning Gotska-Sandyon oroli yaqinida bölgani aytilmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar va yonğin sababi haqida hozirça ma’lumot yöq.