O‘zbekiston | 07:38 / 31.08.2022
13794
1 daqiqa o‘qiladi

CPJ koordinatori Gulnoza Saidga O‘zbekistonga kirishi uchun ruxsat berildi

Internetda Nyu-Yorkdagi "Yevropa va Markaziy Osiyodagi jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi" NNT dasturi (CPJ) koordinatori Gulnoza Saidning O‘zbekistonga kirishi rad etilgani haqidagi ma’lumot paydo bo‘ldi. 

Mass-media fondi zudlik bilan O‘zbekistonga kirish va chiqish masalalarini tartibga soluvchi davlat organlariga bu borada tegishli so‘rov bilan murojaat qildi. 

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda ushbu masala hal etilgan va Gulnoza Saidga mamlakatga kirish uchun ruxsat berilgan.

Gulnoza Said (AQSh fuqarosi)ning CPJ veb-saytida yozishicha, immigratsiya xizmati xodimlari tizim unga kirishga ruxsat bermaganini va Nyu-Yorkka qaytish uchun 1 sentabrgacha aeroportda qolishi kerakligini aytishgan.

Mavzuga oid