Hindistondagi Adani Group konglomerati asosçisi Gautam Adani dunyoning eng badavlat odamlari röyxatida uçinçi öringa kötarildi. Bloomberg naşri uning boyligini 137,4 mlrd dollar deb baholamoqda.

Bu yaqin vaqtgaça jahon reytingida uçinçi örinda bölib turgan fransuz biznesmeni Bernar Arnoning boyligidan 1,5 mlrd dollaga köp.

Reytingning eng yuqorisidan Ilon Mask (251,4 mlrd dollar) va Jyeff Bezos (153,4 mlrd dollar) joy oldi.

Qayd etilişiça, Adani dunyoning eng badavlat kişilari röyxatida uçinçi öringa joylaşgan birinçi osiyolik tadbirkor böldi.

Adani Group öz faoliyatini kömir va olmos savdosidan boşlagan. Kompaniya hozirda savdodan taşqari, foydali qazilmalarni qazib oliş, energiya, sement işlab çiqariş, data-markazlarni boşqariş bilan şuğullanadi.