31 avgust kuni Toşkent şahridagi Yangi Özbekiston boğida davlat mustaqilligining 31 yilligiga bağişlangan bayram tadbirlari bölib ötdi. Unda jadidlar ham xotirlandi.

Sahna körinişi avvalida şoir Jumaniyoz Jabborov qalamiga mansub, jadidlar haqidagi uşbu satrlar öqib eşittirildi:

Vale, bu dunyoda oliy hakam bor,
Öşal qudrat erur mangu ustuvor.

Şahidlar bong urib har şom-u nahor,
Bizni ogoh etar, böling, deb, huşyor.

Ular xalqimizga qalqon edilar,
Abadiy barhayot vijdon edilar!

Badiiy qismda Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Çölpon, Munavvar qori, Fitrat, Mahmudxöja Behbudiy kabi köplab jadidlar hamda Markaziy Osiyodagi ilk demokratik davlat – Turkiston muxtoriyati yodga olindi.

«Mötabar, ahli vatanim! Xudoyi taolo bizga hurriyat berdi. Muborak va xayrli bölsin. Milliy islohot va taraqqiyotimiz uçun harakat va sa’y etmoqqa yöl oçiqdir. Yaşasin, Turkiston muxtoriyati”, – dedi Mahmudxöja Behbudiy roli ijroçisi.

Şuningdek, Çölpon yozgan quyidagi «Gözal Turkiston» şe’ri kuyga solindi:

Gözal Turkiston, senga ne böldi?
Sahar vaqtida gullaring söldi.

Çamanlar barbod, quşlar ham faryod,
Hammasi mahzun. Bölmasmi dil şod?

Bilmam ne uçun quşlar uçmas boğçalaringda?

Birligimizning tebranmas toği,
Umidimizning sönmas çiroği.

Birlaş, ey xalqim, kelgandir çoği,
Bezansin endi Turkiston boği.

Qözğal, xalqim, yetar şunça jabru jafolar!