Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roza Otunbayeva BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi
Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayevani Afg‘oniston bo‘yicha yangi maxsus vakili va BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari etib tayinladi. Otunbayeva bu lavozimda kanadalik Debora Layons o‘rnini egalladi.
BMT bosh kotibi Otunbayevaning yetakchilik, diplomatiya, fuqarolik faolligi va xalqaro hamkorlik sohasida 35 yildan ortiq professional tajribasi borligini ta’kidladi.
Roza Otunbayeva 2010-2011 yillarda Qirg‘iziston prezidenti lavozimida ishlagan. U uch marta tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan, oxirgi marta - 2005 yilda. Shuningdek, u Tashqi ishlar vazirligida bir qancha yuqori diplomatik lavozimlarda xizmat qilgan, jumladan, Qirg‘izistonning AQSh va Kanadadagi elchisi (1992-1994 yillarda), Qirg‘izistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi (1997-2002 yillarda).
1989-1991 yillarda Otunbayeva YuNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya kengashining raisi bo‘lgan. 2002-2004 yillarda u BMTda BMT bosh kotibining Gruziyadagi kuzatuvchilar missiyasida maxsus vakil o‘rinbosari sifatida ishlagan. Hozirda u Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi huzuridagi vositachilik bo‘yicha oliy darajadagi maslahat kengashi a’zosi va Qirg‘izistondagi «Roza Otunbayeva tashabbusi» jamg‘armasi rahbari hisoblanadi.
Bir yildan ko‘proq vaqt avval G‘arb qo‘shinlarining olib chiqilishi fonida Afg‘onistonda «Tolibon» harakati hokimiyatga qaytgan edi. Afg‘onistonda chuqur gumanitar va iqtisodiy inqiroz davom etmoqda. Toliblar hukumati haligacha birorta mamlakat tomonidan rasman tan olinmagan.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026